Rossiyada Qozonlik olim va shifokorlar inson umrini 150 yilgacha uzaytira oladigan maxsus kapsula oʻylab topdi. Bu haqda “Mail.ru (https://mail.ru/)” nashri xabar berdi.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, “Immortality Capsule” deb, nomlangan apparat majmuasi sunʼiy intellekt bilan jihozlangan. Mazkur kapsula, insonlardagi harorat, koʻz ichi bosimi, terining holati, qondagi kislorod va qand miqdori, qon aylanishi hamda asab tizimlarining holatini oʻlchaydi va baholay oladi.
Shuningdek, olingan maʼlumotlarning tahliliga asoslanib, u tananing umumiy holati, mavjud oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot beradi va kasalliklar xavfi haqida ogohlantiradi. Ta’kidlanishicha, hozirda ixtironi patentlash uchun ariza topshirishgan va dastlabki uchta model Dubayga eksport qilinadi.