Innovatsion sun’iy oyoq protezi yaratildi

Cover Image for Innovatsion sun’iy oyoq protezi yaratildi

Italiya texnologiya instituti (Istituto Italiano di Tecnologia) tadqiqotchilari tomonidan innovatsion sun’iy oyoq protezi ishlab chiqildi.

“SoftFoot Pro” deb, nomlangan ushbu protez taxminan 450 grammni tashkil qiladi hamda 100 kilogrammgacha bo’lgan yukni ko’tarishi mumkin. Qurilma alyuminiy qotishmasidan yaratilgan bo’lib, unga barmoq vazifasini bajaradigan beshta yuqori quvvatli plastik zanjir o’rnatilgan.

Ushbu protezning boshqa oyoq protezlaridan farqli jihati shundaki, u o’z shaklini turli vaziyatlarga qarab o’zgartiradi va har qanday to’siqlarga moslashish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur robot Hannover tibbiyot maktabi (MHH, Hannover, Germaniya) hamda Vena tibbiyot universiteti (MUV, Vena, Avstriya) bilan xalqaro hamkorlik doirasida sinovdan o’tkazilgan.