Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Vazirlar Mahkamasi qarori

Cover Image for Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 1-martdan boshlab: 

🔴 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi. 

🔴 Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

🔴 Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

Shuningdek, vakolatli organ tomonidan respublikada talab yuqori bo‘lgan xalqaro IT-sertifikatlar va ushbu sertifikatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar ro‘yxati Global Knowledge kompaniyasi va boshqa xalqaro nufuzga ega tashkilotlar tomonidan har yili shakllantiriladigan xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxatidan kelib chiqib, ehtiyojlar o‘rgangan holda tasdiqlanadi.