Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Cover Image for Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Ilon Mask, Apple hammuassisi Stiv Voznyak va boshqa 1100 nafar professor, muhandis va tadqiqotchilar kuchli sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi. Ular kuchli sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solishidan qo’rqishmoqda.

Tegishli chaqiruv aks etgan maktub Future of Life Institute notijorat tashkiloti tomonidan nashr etilgan va IT-sanoatdagi ko‘plab taniqli shaxslar tomonidan imzolangan. Ularning barchasi umumiy xavfsizlik protokollari va standartlari ishlab chiqilgunga qadar sun’iy intellekt olti oylik tanaffusni mustaqil ravishda tashkil qilmasa, hukumat bunga aralashishi kerakligini aytishgan.

Mazkur xatni imzolovchilarning so’zlariga ko’ra, so‘nggi oylarda ishlab chiquvchilar bir-biridan o‘zib ketishga harakat qilishib, o‘zlari nazorat qilolmaydigan kuchliroq modellarni yaratishdi.