Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Cover Image for Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Amerikalik milliarder Ilon Mask o’zining ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali ilk marta insonga gadjetlardan fikr yordamida foydalanish imkonini beruvchi “Neuralink” neyrochipi o’rnatilganligini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, mazkur mahsulot “Telepatiya” deb, nomlanib birinchi navbatda oyoq-qo’llari falaj bo’lgan insonlarga o’rnatiladi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Neuralink loyihasi 2016-yilda ishga tushirilgan bo’lib, birinchi marta 2019-yilda Bluetooth orqali miya signallarini uzatishga qodir qurilmani namoyish etgan edi.