“ICT EXPO” ko’rgazmasi davom etmoqda

Cover Image for “ICT EXPO” ko’rgazmasi davom etmoqda

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida tashkil etilgan “ICT EXPO” ko’rgazmasi davom etmoqda.

Ushbu ko’rgazmada Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi Institut faoliyatiga oid material va stendlarni namoyish etmoqda.

Ko’rgazmada qatnashish davomida eng zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ma’lumot o’rnida, ko’rgazma 20-sentabr kuni ham davom etadi.