Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Raqamli davlat fuqarolik xizmati” konsepsiyasi doirasida hrm.argos.uz elektron platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platforma inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirish maqsadida ishlab chiqildi.
Tizim qanday imkoniyatlarga ega?
✅Qog‘oz sarfini kamaytiradi;
✅Vaqtni tejaydi;
✅Kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkonini beradi;
✅Axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
✅Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.
Bugunga qadar tizimga 4 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Shuningdek, platforma samarali ishlashi uchun “kadrovik”lar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.