Hindistonlik talaba inson xayollarini o’qiydigan qurilma ixtiro qildi

Cover Image for Hindistonlik talaba inson xayollarini o’qiydigan qurilma ixtiro qildi

Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) aspiranti Arnav Kapur sun’iy intellekt bilan jihozlangan AlterEgo nomli qurilmani yaratdi, bu foydalanuvchilarga og’zaki gapirmasdan muloqot qilish imkonini beradi.

AlterEgo – periferik neyron signallarni ushlaydigan eshitish vositasidir. Ushbu signallar foydalanuvchi so’zlarni xayolan o’ylaganda atrofga tarqaladi va qurilma shu signallarni ushlash orqali ishlaydi. Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, mazkur AlterEgo qurilmasi nutqida qiyinchiliklarga duchor bo’lgan shaxslarni, jumladan, skleroz kabi kasalliklardan aziyat chekayotganlarni qo’llab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.