Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutiga Turkiyaning “Basarsoft”, “Odine”,”Havelsan” hamda “HİB” kompaniyalarining mas’ul vakillari tashrif buyurdi.
Dastlab, mehmonlar o’z kompaniyalarining faoliyat yoʻnalishlari, mahsulot va xizmatlari hamda kelgusidagi rejalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etdi.
Shuningdek, Institut direktori A.Kadirov ilmiy kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri ekanligi, tahsil oluvchilarni turk kompaniyalariga stajirovka va tajriba almashish dasturlariga yuborishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida “Havelsan” kompaniyasi tomonidan turkiy tillar uchun LLM yaratish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish taklifi ilgari surildi.
Ma’lumot o’rnida, ushbu kompaniyalar mamlakatimizda o’tkazilayotgan Software and IT Services Uzbekistan Trade Delegation forumida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan.




