“Google Chrome” brauzerdagi yangilangan fayllarni yuklab olish tizimini sinovdan o’tkazib, sun’iy intellektning yangi xavfsizlik funksiyalarini joriy qildi.
Ushbu tizim “Google Safe Broswing” texnologiyasidan foydalanib, shubhali va xavfli fayllarni ajratib beradi. Shuningdek, yangi yuklab olish interfeysi fayllarni tekshirish uchun piktogramma, rang va matndan foydalanadi.
Kengaytirilgan yangi himoya tizimi sun’iy intellekt yordamida fayllarni avtomatik ravishda tekshiradi va foydalanuvchilarning vaqtini tejagan holda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi.