“GigaChat” neyrotarmog’i shifokorlik imtihonini topshirdi

Cover Image for “GigaChat” neyrotarmog’i shifokorlik imtihonini topshirdi

Sberbankning “GigaChat” neyrotarmoq modeli dunyoda birinchilardan bo’lib umumiy amaliyot shifokori malakasini olish uchun “Umumiy tibbiyot” yo’nalishi bo’yicha oliy tibbiyot muassasasining imtihonidan o’tdi.

Xususan, og’zaki imtihon uchun chipta savollari terapiya, jarrohlik, akusherlik va ginekologiya kabi yo’nalishni o’z ichiga oladi.

Ma’lumot o’rnida, “GigaChat” 100 ta savoldan iborat testdan 82% natijani qayd etdi.