UBC Okanagan tadqiqotchilari tomonidan turbinalar, vertolyot panellari va ko’priklarning tashqi iqlimga bardoshliligini aniqlaydigan sensor paneli ishlab chiqildi.
Mazkur sensorli panellardan foydalangan holda qurilish jarayonida inson tomonidan yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish mumkin. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda tadqiqotchilar sensor panellarni SI texnologiyasi bilan integratsiya qilish ustida ish olib bormoqda.