E’TROF!

Cover Image for E’TROF!

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Timsollarni aniqlash” laboratoriyasi Katta ilmiy xodimi, akademik – Komilov Mirzayan Mirzaaxmedovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan institutimiz jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz. Umrlari ziyoda bo‘lsin!