Eski noutbuklarning ishlash davomiyligini aniqlash usuli namoyish qilindi

Cover Image for Eski noutbuklarning ishlash davomiyligini aniqlash usuli namoyish qilindi

Hindistonlik tadqiqotchilar tomonidan eskirgan noutbuklarning qattiq disk va qayta zaryadlanuvchi batareyalari sifatiga qarab uning foydalanish muddatini aniqlaydigan vosita ishlab chiqildi (https://techxplore.com/news/2024-05-lease-life-laptops.html).

Tadqiqotchilar ushbu vosita aniqlab bergan ma’lumotlar asosida noutbukning zarur qismlarini ta’mirlash yoki almashtirish kabi xulosalarga keladi.

Xususan, mazkur tajriba ekologik va iqtisodiy muammolarni kamaytiradi, shuningdek, eski uskunalarni ta’mirlash jarayonining samaradorligini oshiradi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar kelgusida noutbukning boshqa qismlari hamda turli xil gadjetlarda sinov jarayonini o’tkazishni maqsad qilgan.

Abdusattorova Umida tayyorladi.