Energiya tejamkorligiga asoslangan robot qo’l yaratildi

Cover Image for Energiya tejamkorligiga asoslangan robot qo’l yaratildi

Kembrij universiteti tadqiqotchilari bir necha murakkab harakatlarni barmoqlari yordamida bajaradigan 3D-bosma robotli qo‘lni yaratishdi.

Mazkur robot qo’l terisiga o’rnatilgan datchiklardan olingan ma’lumotlarga tayanib harakatlarni amalga oshiradi. Olimlarning fikriga ko’ra, shu singari boshqa tadqiqotlarga qaraganda ular yaratgan robot qo’l kam xarajatliyligi hamda moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, robot qo’lning teri qatlami sensorlardan tarkib topgan bo’lib, har qanday obyektga qo’llaniladigan bosimni o’lchashga qodir. Bu esa o’z navbatida robot qo’lning narsalarni hajmiga va og’irligiga qarab moslashuvchanligini ta’minlaydi.