Finlandiya Ltd kompaniyasining texnik tadqiqot markazi guruhi tomonidan, ekinlarni avtonom ravishda parvarishlash, begona o’tlardan tozalash imkoniyatiga ega yangi robot ishlab chiqildi.
Ushbu robot qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohasiga katta zarar yetkazuvchi begona o’simliklar, xususan, “rumex longifolius” hamda oksalatlarga boy “dock” deb, nomlangan o’tlarni tozalaydi.
Mazkur robot mobil platforma asosida boshqariladi shuningdek, u quvvat datchigi va o’simliklarni ko’rish uchun 3D kamera bilan jihozlangan.
Ta’kidlash joizki, mazkur robot sinov mashg’ulotlari jarayonida yuqori ko’rsatkichni qayd etgan. Tadqiqot guruhi robotni katta ekin maydonlarida sinovdan o’tkazishni rejalashtirgan.