Kuni kecha TDUIda “DTAI – 2024: Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt: muammolar, tendensiyalar va innovatsiyalar” mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov nutq so’zlab, ilm-fan sohasida sun’iy intellektni qo’llash, texnologiyaning bugungi kundagi rivojlanishi haqida ma’ruza qildi.
Anjuman davomida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi, sun’iy intellektning iqtisodiyotga ta’siri, sohada mutaxassislar tayyorlashning yangi usullari kabi asosiy masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, anjumanda Rossiya, BAA, Belarus, Koreya va O‘zbekistonning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruza bilan ishtirok etib, sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy yondashuvlar va qarashlar, erishilayotgan ilmiy yutuqlar va hamkorlikni alohida ta’kidladi.



