Diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Cover Image for Diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida “05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” yo’nalishi bo’yicha institutning mustaqil izlanuvchisi Moxira Po’latovaga Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi.

Ma’lumot o’rnida, Moxira Po’latova “Ko‘p parametrli texnologik jarayonlarni boshqarishda bashoratlovchi modellarini qo‘llash” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo’ldi.