Dengiz va quvurlar tizimida harakatlanadigan robot yaratildi

Cover Image for Dengiz va quvurlar tizimida harakatlanadigan robot yaratildi

Bristol universiteti olimlari RoboSalps deb nomlangan suv osti robotlarini yaratishdi. Ushbu robot okeanlardagi noma’lum va ekstremal muhitlarda ishlash uchun yaratilgan.

Tadqiqotchi Helmut Xauzerning ta’kidlashicha, robot suv osti muhitidan tashqari, kanalizatsiya tunneli va sovutish tizimidagi nosozliklarni ham o’rganadi. Xususan, RoboSalp yengil va yumshoqligi tufayli oson harakatlanadi. Shuningdek, ushbu robot, mustahkam qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib potentsial enegiyani tejashga ham xizmat qiladi.