Dasturiy ta’minot tizimi piksel kabi kichik harakatlanuvchi obyektlarni aniqlashi va kuzatishi mumkin

Cover Image for Dasturiy ta’minot tizimi piksel kabi kichik harakatlanuvchi obyektlarni aniqlashi va kuzatishi mumkin

Sandia milliy laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturiy ta’minot tizimi sun’iy yo’ldosh, dron va uzoq masofali xavfsizlik kameralari tasviridagi harakatlanuvchi obyektlarni topishi va kuzatish uchun signallarga aylantirishi mumkin.

Olimlar o’tkazgan tajriba natijasiga ko’ra, algoritm video kadrlardagi harakatni topadi va uni o’zaro bog’lanishi mumkin bo’lgan maqsadli signallarga moslashtiradi shuningdek, keyin bir qator video kadrlar ketma-ketligi bo’ylab birlashtiriladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, zamonaviy videokamera taxminan 10 million pikselga ega ekanligini hisobga olsak, bir vaqtning o‘zida bitta pikselni aniqlash va kuzatish imkoniyati kompyuter texnologiyasidagi katta yutuqdir. Hozirgi kunda tadqiqotchilar ushbu dasturiy ta’minotni yanada takomillashtrish ustida izlanishlar olib bormoqda.