Ogayo shtatidagi Veksner tibbiyot markazi tadqiqotchilari tomonidan “Copilot” dasturi sinovdan o’tkazildi.
Makzur dastur uch oy davomida birinchi tibbiy yordam hamda kardiologiya, akusherlik va ginekologiya kabi yo’nalishlarda sinovdan o’tkazildi. 24 ta shifokor ishtirok etgan sinov jarayonida ushbu dastur 80% aniqlikni qayt etib, ularning vaqtini to’rt daqiqagacha tejashga erishdi.
“Biz sinovdan o’tkazgan mazkur sun’iy intellekt dasturi bemorlar bilan suhbatlashish, ularning qayd varaqalarni tekshirish hamda ko’rik xususida maslahatlar berish imkoniyatiga ega” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Ravi Tripathi.