ChatGPT sun’iy intellektda yozilgan matnni aniqlash vositalariga qarshi qo’yildi

Cover Image for ChatGPT sun’iy intellektda yozilgan matnni aniqlash vositalariga qarshi qo’yildi

“Techxplore.com” saytida chop etilgan maqolada berilgan ma’lumotlarga ko’ra Silikon vodiysida “chatbotlar urushi ” avj olib borayotgan bir paytda, sun’iy intellekt vositalarining insonlarga o’xshash matn yaratishi barchani hayratda qoldirmoqda.

Bugungi kunda o’qituvchilar sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan matnni aniqlash uchun bir nechta tavsiya etilgan usullar va vositalarni ko’rib chiqdi. Ammo, ularning hech biri ishonchli emas, chunki, barchasi vaqtinchalik yechimlar bo’lib o’zini oqlamaydi.

Tadqiqotchilarning tahliliga ko’ra sun’iy intellekt va chatbotning imkoniyatlari tobora kengayib borishini “qurollanish poygasi”ga o’xshatish mumkin.