ChatGPT haqida 5 ta fakt

Cover Image for ChatGPT haqida 5 ta fakt

«OpenAI» kompaniyasi bir yil oldin sunʼiy intellektga asoslangan ChatGPT chatbotini ommaga taqdim qildi. Natijada, mazkur tizim qisqa vaqt davomida 100 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Quyidagi keltirilgan maʼlumotlarda ChatGPT rivojlanishiga taʼsir etgan 5 ta muhim yo‘nalishlar xususida faktlar keltiriladi:

➡️ 1.ChatGPT butun dunyo davlatlarining boshqaruv tizimida iqtisodiy, ijtimoiy va ekzistensial muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi muhim vosita vazifasini o‘tadi. Shuningdek, SI tizimi yordamida boshqaruv masalasiga oid bir qator muammolar bartaraf etildi.

➡️ 2.ChatGPT va boshqa generativ SI vositalarning hayotga tatbiq etilishi insonlarni o‘z sohasini chuqur o‘rganishga undadi.

➡️ 3.ChatGPT yordamida matn, insho va xatlar yozish osonlashdi.

➡️ 4.Chatbotlardan foydalanish mualliflik huquqi etikasiga oid bir qator tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

➡️ 5.Chatbotlar axborot manbalarini aniqlash va maʼlumot izlash tizimini osonlashtirdi.