ChatGPT 9 yoshli bola darajasidagi “Aql nazariyasi” testidan o’ta oladi

Cover Image for ChatGPT 9 yoshli bola darajasidagi “Aql nazariyasi” testidan o’ta oladi

Stenford universitetining hisoblash psixologi Mixal Kosinski Open AI tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT SI chatbotining mashhur “Aql nazariyasi” testidan o‘tish qobiliyati bo‘yicha bir necha iteratsiyalarini sinovdan o‘tkazdi. Natijada mazkur tizim 9 yoshli bola darajasidagi test sinovlaridan muvofaqiyatli o’tdi deya xabar berdi “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.

Olimlarning fikriga ko’ra bugungi kunda ChatGPT va boshqa SI chatbotlari o’rta maktab va kollej talabalari uchun to’liq insho yozish kabi murakkab qobiliyatlarga ega tarzda shakllantirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra 2022-yilgacha chiqarilgan ChatGPT versiyasini sinovdan o‘tkazilgan bo’lib, yakuniy xulosalarga ko’ra tizim “Aql nazariyasi” testlaridan o‘ta olmagan. Xususan, fevral oyida olimlarning izlanishlari natijasida ChatGPT nazariy testlarning 70 % ni bajara olgan.