“Canva” kompaniyasi generativ sun’iy intellekt tizimining qamrovini kengaytirish uchun “Leonardo.ai” tizimini sotib oldi .
Kompaniya direktori Kemeron Adamsning ta’kidlashicha “Leonardo.ai” tezkor innovatsiyalar, tadqiqot va ishlanmalarga e’tibor qaratadi va canva resurslari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Leonardo.ai” API-larga kirish, shuningdek, bulutli texnologiyalar hamda video generatorlar yaratish imkonini beradi.