Ko’zi ojiz insonlarning savodxonligini oshirish maqsadida, Bristol universiteti mutaxassislari tomonidan brayl yozuvini o’qiydigan sensorli qalam ishlab chiqildi.
“Biz yaratgan ushbu sensorli qalam brayl yozuvidagi kitob, gazeta, qo’lyozma va turli e’lonlarni foydalanuvchilarga audio formatda eshitish imkoniyatini taqdim etadi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Jorj Jenkinson.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, kelgusida tadqiqot guruhi foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qurilmani jamoat joylarida, xususan, avtobus bekatlari hamda liftlarda joriy qilishni rejalashtirgan.