Kuni kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha kengashi sun’iy intellektning xavf-xatarlarini oldini olish va yig’ilgan ma’lumotlardan etika qoidalariga amal qilgan holda foydalanishga chaqirdi. Bu haqida «Techxplore.com» sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu kengash yig’ilishida sunʼiy intellekt tizimlarida maʼlumotlardan inson huquqlari boʻyicha xalqaro qonunchilikka muvofiq foydalanish yuzasidan rezolyutsiyani qabul qildi.
Ta’kidlash joizki, Avstriya, Braziliya, Daniya, Marokash, Singapur va Janubiy Koreya tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya 47 mamlakatdan iborat kengashda kelishuv asosida qabul qildi. Faqat Xitoy va Hindiston mazkur kelishuvdan ajralib chiqib “bahsli mazmun” borligini aytib o’tdi.