Manchester universiteti tadqiqotchilari tomonidan balandlikka sakraydigan robotning yangi versiyasi ishlab chiqildi.
“Ushbu robotni ishlab chiqish mobaynida ko’plab muammolarga duch keldik. Biz yaratgan robotning dizayni energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Jon Lo.
Shuningdek, mazkur robotdan galaktikadagi sayyoralarni o’rganish hamda xavfli joylarni aniqlash uchun foydalanish ko’zda tutilgan.
Ma’lumot o’rnida, ushbu robot 120 metrdan 200 metr balandlikgacha sakrash imkoniyatiga ega. Taqqoslash uchun mazkur ko’rsatkich “Big Ben” inshootidan ikki baravar baland hisoblanadi.