Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiyalari instituti tadqiqotchilari avtomobil yo’llaridagi chuqurliklarni aniqlaydigan dasturiy ta’minotni yaratdi. Bu haqida “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, yo’ldagi nosozliklar sabab yer yuzida kuniga yuzlab avtomobillar shikastlanadi. Xususan, magistral yo’llarda haydovchilarning tasodifan uchragan chuqurliklarni chetlab o’tish uchun qilgan harakatlari ko’plab Yo’l transport hodisalarini keltirib chiqaradi.
Tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minot endilikda yuqorida sanab o’tilgan muammolarni oldini olishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Xususan, yo’l transport hodisalarini oldini olish hamda avtomobillarni shikastlanishini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan tizim kichik monitor yordamida yo’ldagi chuqurliklarni turli xil ranglar yordamida ajratib ko’rsatadi.
Tizimning yana bir afzallik tomoni shundaki, yo’ldagi nosozliklarni aniqlab Yo’l boshqaruvi xodimlariga ma’lumotlarni tezkor yetkazish xususiyatiga ega.