Antibiotik ishlab chiqarish uchun SIdan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda

Cover Image for Antibiotik ishlab chiqarish uchun SIdan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda

Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari antibiotik yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalandi.

Tadqiqotchi De la Fuentening ta’kidlashicha, yangi antibiotiklarni ishlab chiqish uchun taxminan olti yil kerak bo’ladi. Shuningdek, ushbu jarayon nihoyatda mashaqqatli va qimmat hisoblanadi. Mazkur yondashuv asosida ishlab chiqilgan antibiotiklar esa ko’p vaqt talab qilmaydi hamda xarajatlarni kamaytirishi mumkin.

“Nature Biomedical Engineering” (https://www.nature.com/articles/s41551-024-01201-x) jurnalida yozilishicha, ushbu yondashuv antibiotik ishlab chiqarish sohasida yangi imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

Shuningdek, SI yordamida yaratilgan antibiotiklar so’nggi besh yil ichida De La Fuentening laboratoriyasidagi yangi yondashuv hisoblanadi.