Angliyaning Lids shahrida oziq-ovqatlarni yetkazib beruvchi robotlar sinovdan muvaffaqiyatli o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, Adel va Tinshill tumanlarida oziq-ovqat shahobchalari allaqachon o’z mahsulotlarini robotlar orqali yetkazib berishni boshlagan.
Xususan, robotlarni ishlab chiqarayotgan Starship firmasi shu haftadan boshlab Lids shahar kengashidan Kippax va Svarkliff yo’llarida ishlashga ruxsat oldi. Shuningdek, shu yil so’ngiga qadar robotlar xizmati Uezerbida ham yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.