AKT haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish: mintaqaviy innovatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy o‘zgarishlar” forumi bo’lib o’tmoqda

Cover Image for AKT haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish: mintaqaviy innovatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy o‘zgarishlar” forumi bo’lib o’tmoqda

Poytaxtimizda joylashgan CAEx majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan 2024” AKT haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish: mintaqaviy innovatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy o‘zgarishlar” forumi bo’lib o’tmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi va SIning bugungi kundagi ahamiyati hamda dolzarbligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Forum davomida sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar va muammolar muhokama qilinib, davlat va xususiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi takliflar ilgari surildi. Ushbu forum sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.