Ajdarhosimon o’t o’chiruvchi robot yaratildi

Cover Image for Ajdarhosimon o’t o’chiruvchi robot yaratildi

Tohoku Universiteti tadqiqotchilari tomonidan yong’inlarni tez va oson bartaraf etishga yordam beradigan robot yaratildi.

Xususan, ajdarhodan ilhomlanib yaratilgan ushbu robot 14 000 litr suvni sig’dira oladigan suv omboriga ulangan holda 4 metr uzoqlikdan boshqariladi.

Shuningdek, mazkur robot 2 metr balandlikka uchgan holda suvni sekundiga 6,6 litr tezlikda bir megapaskalgacha bosim bilan chiqarish imkoniyatiga ega.

Eslatib o’tamiz Tohoku universiteti 2016-yil shunga o’xshash ajdarhosimon o’t o’chiruvchi robot ustida ishlagan edi.