Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Cover Image for Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi “Abu Rayhon Beruniy nomidagi “YUNESKO – O‘zbekiston” xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-286-son farmoni hamda “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to’g’risida”gi PQ–361-son qarori qabul qilindi. Mukofot YUNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Farmonga asosan:
➖Sun’iy intellekt sohasida axloqni targ’ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag’batlantirish maqsadida YUNESKO bilan birgalikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO-O’zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi;
➖ 2023-yilning 4-8-sentabr kunlari YUNESKOning Parijdagi (Fransiya) bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Ko‘rgazmada taqdim etish uchun ingliz va o‘zbek tillarida jahon kutubxonalarida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma nusxalarini o‘z ichiga olgan maxsus katalog nashr etiladi.